TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi Tojikistonda ham yo‘lga qo‘yiladi, dedi O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shoqosim Shoislomov Sputnik Tojikistonga.
Bundan tashqari, ichki ehtiyojni ta’minlash maqsadida mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
"Bu masalani hal etish tadbirkorlarning istaklari va bunga tayyor ekanliklariga bog‘liq", — dedi Shoislomov.
Eslatib o‘tamiz, elchi shuningdek, Tojikiston va O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibini yumshatish haqida muzokara o‘tkazishini ham ma’lum qildi.
"Avvalo bu chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning o‘tishlarini yengillashtirishga taalluqli. U shuningdek chegaroldi tumanlaridagi aholining chegaradan o‘tishi, viza olish jarayonini soddalashtirish va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi", — dedi u.
Shuningdek, dedi elchi, 2018-yilda Dushanbeda o‘zbek mahsulotlari yarmarkasi o‘tkaziladi.