TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “O‘zbekenergo” mamlakat shimoli-g‘arbida yangi, qiymati 225 mln $ bo‘lgan yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i qurishga kirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bundan oldin texnilogik uskunalarning birinchi partiyasi sotib olish uchun tender e’lon qilingan edi. Hozir umumiy qurilish ishlari boshlandi, Uskunalar yetkizib berish kelasi yilning aprel-may oylaridan boshlanishi mumkin”, — dedi kompaniya vakili.
Loyiha uzunligi 364 km bo‘lgan yuqori voltli elektr uzatish taomog‘i qurilishini nazarda Tutgan bo‘lib, u Taxiatash IESini “Xorazm” va “Ellikqal’a” podstansiyalari bilan ulaydi. Undan tashqari Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yana uch podstansiya qurishni ko‘zda tutgan.
Qurilayotgan elektr uzatish tarmoqlari elektr energiyasini O‘zbekiston shimoli-g‘arbidan mamlkat janubidagi Samarqand, Buxoro va Sirdaryo viloyatlariga uzatishni nazarda tutgan. Loyihani amalga oshirish muddati to‘rt yil.
Qurilish va asbob uskunalar Osiyo taraqqiyot banki krediti (150 mln $) va O‘zbekiston hukumati mablag‘i (105 mln $) evaziga amalga oshiriladi.
Uzatish liniyalari qurish bilan bir vaqtda Taxiatash IESi uskunalari ham yangilanadi. Ushbu maqsadga 678,2 mln $ mablag‘ ajratilgan. IES uskunalarini yangilash bilan bir vaqtda, quvvati 230-280 MVt bo‘lgan yana ikki yangi bug‘ qurilmasi qurilish nazarda tutilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston elektr energiyasi tarmog‘ida 45 elektrostansiya mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 12,5 MVtni tashkil qiladi. Ushbu quvvatning 12,1 MVti “O‘zbekenergo” tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan, qolganlari esa kichik avtonom yoki gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqariladi.