Toshkent, 21 avg – Sputnik. "Uzbekenergo" aksiyadorlik jamiyati elektr energiya majmualarini qayta qurish va yangilash bo‘yicha qilingan ishlar natijasini e’lon qildi — xabar berdi “Jahon” AA.
Oxirgi 15-yil davomida O‘zbekistonda 2,5 milliondan ziyod odamlar elektr tarmog‘iga ulandi. Iqtisod sohalarida elektr quvvatidan foydalanish 445,6 million kilovat/soatga o‘sdi. Elektr tarmog‘larining umumiy uzunligi 38,2 ming kilometrga o‘sdi.
"Uzbekenergo" 2020-yilga qadar 19 elektr stansiyalarni zamonaviylashtirishni rejalashtirgan. Ushanda qo‘shimcha 450 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.