Xorazmda giyohvandlar to‘dasi qo‘lga tushirildi

Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh sakkiz kishidan iborat bo‘lib, ular giyohvand moddalar transportirovkasi va savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlangan tizimni yo‘lga qo‘ygan

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi kuch organlari vakillari Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruhni qo‘lga olishga qaratilgan operatsiyani amalga oshirdilar. Jinoiy uyushma narkotik moddalarni yetishtirish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanganligi ta’kidlanmoqda.

Andijonda 20 kg giyohvand modda yashirilgan omborxona topildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh sakkiz kishidan iborat bo‘lib, ular giyohvand moddalar transportirovkasi va savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlangan tizimni yo‘lga qo‘ygan. Jinoiy guruh faoliyatiga bog‘liq ilk ma’lumotlar 2016-yilning boshlarida olingan: o‘shanda tezkor guruh xodimlari Xorazm viloyatining "Sarimoy" postida 39 dona gugurt qutisiga taqsimlangan 75,1 grammdan ziyod  nasha(marixuana)ni Toshkentdan Urganchga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki nafar jinoyatchini qo‘lga olgan edi.

"Shundan so‘ng o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida tezkor guruh xodimlari ushbu giyohvand moddalarni xarid qilmoqchi bo‘lgan shaxsning kimligini aniqlashgan va uning ko‘rsatmalaridan so‘ng yana 8,56 gramm nasha borligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, viloyat bo‘ylab keng ko‘lamda taftish ishlari o‘tkazilgan. 24 manzil bo‘yicha tekshiruv ishlarini olib borgan kuch xodimlari tomonidan katta miqdorda nasha va boshqa giyohvand moddalari aniqlangan. Shuningdek, tekshiruv davomida noqonuniy tarzda saqlangan pnevmatik to‘pponcha va ikki dona miltiq o‘qi topilgan", — deya ta’kidladi kuch tuzilmalaridagi manba

Jinoiy guruhning barcha a’zolari 7-yildan 13-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Yangiliklar lentasi
0