TOShKENT, 27 sen — Sputnik. "Marshalek xolding" nashriyoti “O‘zbek xalq ertaklari” kitobining taqdimot marosimini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.
Tasvirlar bilan bezatilgan kitobda beshta o‘zbek xalq ertagi o‘rin olgan: Zumrad va Qimmat, Oltin tarvuz, Ur to‘qmoq, Podshoh va to‘ti, Chalpak yoqqan kun.
Ertaklar o‘zbek va polyak tillarida keltirilgan. Ushbu to‘plam chop etilishi O‘zbekistonda e’lon qilingan “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan.
“Ushbu dono ertaklarda o‘zbek xalqining ezgu urf-odatlariga va kundalik hayoti aks etgan. Ularda baxillik va johillik ustidan kulib, yaxshilik va adolat mohirona ulug‘langan. Biz o‘z bolalarimizga ham ushbu xushfe’l xususiyatlarni singdirmoqchimiz. Bizning yoshlar ushbu ertaklarni o‘qib, ularni o‘zbek yoshlari bilan bir narsa – umuminsoniy qadriyatlar birlashtirayotshganini tushunishi mumkin”, — dedi nashriyot direktori va tarjimon V.Mikolaychik-Trchinska.
Kitobning har bir varag‘ida rangli tasvirlar chizilgan. Ushbu to‘plam Polshaning bolalar va maktabgacha bo‘lgan ta’lim muassasalarida bepul tarqatiladi. Kitob adadi 1200 donani tashkil qildi.