O‘zbekiston MDHda erkin savdo zonasi tezroq ishga tushishini xohlaydi

© Internet-portal SNGMDH davlat bayroqlari
MDH davlat bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH hududida erkin savdo zonasi tashkil qilish va mamlakatlar orasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish tarafdori.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekiston MDHda erkin savdo zonasi tashkil qilish tarafdori, dedi  O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Anvar Nosirov "Rossiyaning 2017-yil davomida MDHda raislik konsepsiyasi" taqdimot marosimida.

“O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlkatlari orasida, mavjud bo‘lgan savdo tartibini buzmaydigan, to‘la qonli erkin savdo hududini imkon qadar tezroq tashkil qilish tarafdori”, — dedi Nosirov Toshkentdagi Rossiya elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda.

O‘zbekiston va MDH davlatlari orasida erkin savdo hududi tashkil qilish haqidagi shartnomani ayni damda Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Moldaviya, Ukraina va Armaniston ratifikatsiya qilgan. Nosirov Qirg‘iziston va Tojikiston rahbariyatidan ham ushbu shartnomani ma’qullar borasida kerak bo‘ladigan amaliyotlarni bajarilishini kutayotganini aytib o‘tdi.

S-400 Triumf zenit-raketa majmualari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH Havo mudofaasi o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston har yili xalqaro bozorga 200dan ortiq yuqori ustamali mahsulotlar yetkizib beradi. Ushbu munosabat bilan, O‘zbekistonda MDH davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga qiziqishi katta.

MDH erkin savdo hududi shartnomasi 2011-yilning 18-oktabrida Hamdo‘stlikning 8 mamlakati Rossiya, Armansiton, Belorussiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston va Ukraina tomonidan imzolangan edi. 2013 yil oxirida MDH erkin savdo hududi shartnomasini O‘zbekiston ham ratifikatsiya qilgan edi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari MDH mamlakatlari orasida erishilgan oldingi kelishuvlar kelajakda tashkilotning yanada mustahkamlanishiga olib kelishi va to‘plangan tajribaning ijobiy maqsadlar yo‘lida foydalanish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston MDH doirasida erishilgan transport, xavfsizlik, iqtisod va gumanitar sohalardagi shartnomalar bekor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik tarafdori ekanligini ham bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0