TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Turkiya Bosh vaziri Yevropa Ittifoqini turk adliyasiga qarshi emas, balki Qurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi kurashishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Sal oldin YeIga a’zo mamlakatlar yetakchilari Anqara tomonidan qurd demokratik partiyasidan bo‘lgan deputat va jurnalistlarning hibsga olinishiga qarshi keskin tanqid bilan chiqish qilgan edilar.
"Qurdiston Ishchilar partiyasi(QIP) hamda Fatxulla Gulen tashkilotiga o‘xshash tuzilmalar ikki milliard dollarga yaqin daromadga ega ekanliklarini eslatib o‘tmoqchiman. QIP ortida turgan yevropalik birodarlarimizga o‘z salomimni yetkazmoqchiman. Turkiya adliyasiga qarshi kurashishni bas qilinglar, yaxshisi Qurdiston Ishchilar partiyasidan bo‘lgan og‘ufurushlarga qarshi biror chora ko‘ringlar — axir ular sizlarning yoshlaringizni zaharlamoqda, ularning asosiy maqsadi ham shu", — deb aytgan Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament fraksiyasi oldida chiqish qilar ekan.
"Biz sizlardan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashingizni emas, balki, sizning kelajagingizga katta ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ushbu razil tashkilotga qarshi ovoz berishingizni kutmoqdamiz", deb qo‘shimcha qilgan Turkiya Bosh vaziri