TOShKENT, 8 noya — Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston parlamenti yuqori palatasi a’zolari seshanba kuni xalqqa sodiq bo‘lishga qasamod qildilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xalqaro axborot agentligi muxbiri.
Birinchi bo‘lib, Tojikiston Konstitutsiyasiga qo‘lini qo‘ygan holda mamlakat parlamenti yuqori palatasi spikeri Maxmadsaid Ubaydulloyev qasamod keltirdi, deyiladi xabar matnida.
Senatorlar, xalq va davlat manfaatlari ular uchun har narsadan ustun bo‘lishi, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda halollik asosida ish ko‘rishga ont ichganlar. Ular shuningdek, o‘z faoliyatlarini Tojikiston Konstitutsiyasi va qonunlari asosida amalga oshirishga, hamda o‘z bilim, kuch va tajribasini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga, milliy birdamlikni mustahkamlashga hamda inson haq-huqulari va erkinliklarini ta’minlash uchun yo‘naltirishga qasamod qilganlar.