TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Tomonlar Rossiya aviakompaniyalarining "Jukovskiy" aeroportidan amalga oshiradigan parvozlari borasida kelishib oldilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaparvozlarni rivojlantirishga to‘liq kelishib oldilar", — deb xabar qilgan Rossiya Transport vazirligi vakili o‘tkazilgan muzokalar yakunidan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rossiya Transport vazirligi vakili Tojikiston aviatsiya hukumati "Jukovskiy" aeroportidan Rossiya yo‘lovchi tashuvchi samolyotlarini qabul qilishni rad etgani haqida xabar tarqatgan edi. Tojikiston tomon o‘z qarorini "mahalliy aviatashuvchilar haq-huquqlarini poymol etishni istamasligi" bilan izohlagan. Shundan so‘ng, Moskva ham "Rossiya aviatashuvchilari huquqlarini himoya qilish maqsadida" 8-noyabrdan boshlab Dushanbe bilan aviaparvozlarni to‘xtatishini ma’lum qilgan edi.