Rossiya Tojikiston bilan aviaqatnovni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

© Sputnik / Emin Djafarov / Mediabankka o‘tish"Jukovskiy" xalqaro aeroporti
Jukovskiy xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik yo‘nalishlarning asosiy yo‘lovchilari "Tojikiston YaIMning 48%ini Rossiya hisobidan ta’minlaydigan tojik mehnat migrantlari" ekanligini ta’kidladi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Dushanbe Rossiya kompaniyalari samolyotlarining  "Jukovskiy" aeroportidan parvoz qilishlari bo‘yicha kelishuvni rad etgani uchun Rossiya 8-noyabrdan boshlab aviaqatnovlarni bir tomonlama to‘xtatib qo‘yishi mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti "Kommersant" gazetasiga asoslanib.

Nashr suhbatdoshining aytishicha, Tojikiston "Jukovskiy" aeroportini Moskva aviatsiya tarmog‘ining to‘rtinchi to‘laqonli aeroporti deb hisoblaydi, "shuning uchun Dushanbe va Xo‘jandga qo‘shimcha reyslarning belgilanishi Rossiyaning ushbu yo‘nalishlardagi aviakompaniyalari va parvozlarni bir tomonlama ko‘paytirishiga olib keladi". Ya’ni parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun Dushanbe "hukumatlararo kelishuvni qayta ko‘rib chiqishi lozim", deb yozadi gazeta.

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston va O‘zbekiston aviaparvozlarni tiklash arafasida

Rossiya transport vazirligi matbuot xizmati hukumat farmoyishiga ko‘ra Moskvaga "Vnukovo", "Domodedovo" va "Sheremetyevo" xalqaro aeroportlari taalluqli ekanligi, "Jukovskiy" esa Ramenskoyega qarashli ekanligini bildirdi. Shu tarzda, "tojik tomonining Rossiya aeroporti maqomini belgilashga urinishi Rossiya hukumati suverenitetini buzish hisoblanadi", Jukovskiydan havo qatnovini rad etish esa davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovi haqidagi kelishuvni "to‘g‘ridan to‘g‘ri" buzishdir.

Bundan tashqari, vazirlik yo‘nalishlarning asosiy yo‘lovchilari "Tojikiston YaIMning 48%ini Rossiya hisobidan ta’minlaydigan tojik mehnat migrantlari" ekanligini va agar Dushanbe o‘z fikridan qaytmasa, Moskva Rossiya aviakompaniyalari "huquqlari poymol bo‘lmasligi uchun" javob chorasini ko‘rishini ta’kidladi, deb yozadi gazeta.

"Jukovskiy" – Moskvadan 23 kilometr uzoqlikdagi Ramenskoe aerodromida joylashgan xalqaro aeroportdir.

Yangiliklar lentasi
0