TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin yangi saylangan AQSh prezidentini tabriklashda qanday shaklda tabriklashini oshkor etishni xohlamadi. Peskovga ko‘ra, avvaliga ovoz berish natijalarini kutish kerak.
"Tabriklashning turli shakllari mavjud, lekin diplomatik amaliyotda eng keng tarqalgani — qutlov telegrammalari hisoblanadi. Ko‘pincha aynan shunday amaliyot qo‘llaniladi. Prezident Putin qaysi shaklni tanlashini aniq ayta olmayman", — deb aytgan Peskov, jurnalist savollariga javob berar ekan.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibining so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning yangi rahbariga tabriknoma aynan qaysi kunda yo‘llanilishi ham hozircha noma’lum. "Keling, avval natijalar e’lon qilinsin — ular ma’lum bo‘lmasidan turib, ya’ni "podadan oldin chang chiqarish" bir oz noto‘g‘ri", — deb qo‘shimcha qilgan Peskov.