TOShKENT, 28 okt — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp saylovlarni bekor qilish va uni prezident etib tayinlashlarini taklif qildi, deb xabar beradi RIA Novosti CNN telekanaliga tayanib. Telekanalning ma’lum qilishicha, u bu taklifni Ogayodagi tarafdorlari oldida chiqishi chog‘ida aytgan.
"Bizning ish o‘rinlarini qaytarish rejamizda biznesga bo‘lgan soliqlarni 35%dan 15%ga tushirish fikri bor. Xillari Klinton esa kichik biznesga soliqni 45%gacha oshirishni istayapti. Bu juda katta farq. Hozir ichimda o‘ylab qoldim, biz saylovlarni bekor qilishimiz va g‘alabani Trampga berishimiz kerak, shunday emasmi? Biz nega faqat saylov o‘tkazamiz? Nima uchun o‘tkazamiz? Uning (Klinton) siyosati o‘ta yomon", — dedi Tramp.
AQSh prezidentligi saylovlari ikki bosqichda o‘tadi: avvaliga 8-noyabr kuni barcha shtatlardagi saylovchilar ovoz berishadi. Shtatda g‘olib bo‘lgan nomzod shtatdagi kongress saylov okruglari soniga teng tanlovchi deb ataluvchilarning barcha ovozlarini oladi. Ikkinchi bosqichda tanlovchilar prezident uchun ovoz berishadi. Tanlovchilarning umumiy soni 538 nafar bo‘lib, saylovda g‘alaba qozonish uchun 270ta ovoz olish kerak.