O‘zbekiston MDH Havo mudofaasi o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etdi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishS-400 "Triumf" zenit-raketa majmualari
S-400 Triumf zenit-raketa majmualari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlar davomida radiotexnika qo‘shnlari bo‘limlari 3 mingdan ortiq havo kemalarini kuzatib borishdi, S-300, S-400, va "Pansir-S"majmualaridan 200 ga yaqin raketalar uchirishdi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. MDH havo mudofaasi o‘quv mashg‘ulotlari davomida S-300, S-400, va "Pansir-S"majmualaridan iborat  jangovar bo‘linmalar shartli dushman aviatsiyasiga qarshi 200dan ortiq raketalar  uchirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

Chegara buzgan shartli dushman aviatsiyasi haqidagi xabar tezkor ravishda Havo-kosmik kuchlarini boshqarish markaziga yetib boradi. Qo‘mondonlik qaror qabul qilganidan keyin, uzoq masofada aniqlash samolyotlari A-50 hamda MiG-31, MiG-29 va Su-27 qiruvchi samolyotlari  dushman bombardimonchi samolyotini nishonga oladi.

“Rossiyaning turli harbiy okruglari, MDH Birlashgan Havo-himoyasi mamlakatlarining “S-400 "Triumf", S-300 "Favorit"va "Pansir-S" zenit-raketa majmualari jangovor bo‘linmalari 100ga yaqin “dushmanni” nishonga olib, 200 ga yaqin boshqariladigan zenit raketalari uchirdi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.  

Rossiya jangovar aviatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
MDHning 7 davlatida havo hujumidan mudofaa tizimi mashg‘ulotlari boshlandi

Mashg‘ulotlar davomida radiotexnika qo‘shnlari bo‘limlari 3 mingdan ortiq havo kemalarini kuzatib borishdi. Zenit-raketa qo‘shnlari tomonidan 100ga yaqin shartli nishonlar o‘qqa tutildi. Jangovar aviatsiya havoga shartli dushmanni majburlab qo‘ndirish uchun 100-martadan ortiq havoga ko‘tarildi.

MDH Birlashgan Havo mudofaasi kuchlarining keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari chorshanba erta tongda boshlandi. Undan 130dan ortiq qo‘mondonlik shtablari va 100ga yaqin samolyotlar ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotlarda Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlari ishtirok etdi. Birlashgan qo‘shnlar boshqaruv markazi Moskva viloyatida joylashgan Rossiya Havo-kosmik kuchlari qo‘mondonlik-nazorat  punktidan amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0