Janubiy Koreya Toshkent xalqaro aeroportida yangi terminal quradi

Obuna bo‘lish
Notalar almashinilganidan so‘ng kuchga kirgan hujjat infrastruktura talablari, yo‘lovchi va yuk aviatashuvlari ehtiyojlari va boshqa parametrlar asosida Toshkent aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini barpo etish rejasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. 2016-yilning 11-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Toshkent shahri aeroportida yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini barpo etish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshiruvchi verbal notalar almashildi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.

Diplomatik kanallar orqali notalar almashinilganidan so‘ng kuchga kirgan mazkur hujjat 2015-yilning 5-oktabrida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida imzolangan Muhokamalar bayonnomasi qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bozor sharoitlarini tahlil qilish, infrastruktura talablari, yo‘lovchi va yuk aviatashuvlari ehtiyojlari va boshqa parametrlar asosida Toshkent aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini barpo etish rejasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0