Saakashvili Gruziyaga qaytishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishMixail Saakashvili.
Mixail Saakashvili. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bu qo‘rqitish emas, men Gruziyaga qaytib, o‘z faoliyatimni tiklamoqchiman", - deya xabar qildi Gruziya sobiq prezidenti.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Mixail Saakashvili Gruziyaga qaytib, mamlakat hududida amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonga qo‘shilishga tayyorligi haqida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda "Gruziya-Online" portali, RIA Novosti.

Hozirda Ukrainada Odessa viloyati gubernatori vazifasi bajarib kelayotgan Gruziya sobiq prezidenti bu haqda  "Rustavi" telekompaniyasi efirida so‘zlagan.

"Bu borada kimdir shubha qilmasin yoki so‘zlarimni tahdid sifatida qabul qilishini xohlamayman — bu tabiiy hol, men Gruziyaga qaytib, unda yuz berayotgan siyosiy jarayonlarga qo‘shilmoqchiman", — deb ta’kidladi u.

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Mixail Saakashvili Gruziya fuqaroligidan mahrum qilindi
Eslatib o‘tamiz, Saakashvili 2013-yilning noyabrigacha Gruziya prezidenti vazifasini bajargan. So‘ngra, u o‘z vakolatlaridan voz kechib, mamlakatni tark etgan. Keyinchalik Saakashviliga qarshi Gruziyada bir nechta jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan edi.

2015 yilning dekabr oyida Odessa viloyati gubernatori vazifasini bajarib kelayotgan Saakashvili Gruziya fuqaroligidan mahrum etilgan.

Yangiliklar lentasi
0