Jamiyat

Abdulla Oripov tobutini Oʻzbekistonga olib kelish bilan konsul shugʻullanyapti

© Foto : Ranoxon XodjayevaOʻzbekiston Xalq Qahramoni Abdulla Oripov
Oʻzbekiston Xalq Qahramoni Abdulla Oripov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Eng soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston xalq shoiri jasadi hamon AQSH hududida

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. 5-noyabr kuni Amerikada vafot etgan Oʻzbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning jasadi hali hamon Amerikada,deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston nashriga Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi vakili.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abdulla Oripov jasadini AQShdan olib kelishda maʼlum muammolar tugʻilmoqda
"Shoir Abdulla Oripovning jasadi Amerika qoʻshma Shtatlari Texas shtati Xyuston shahrida", — deb aniqlik kiritdi suhbatdosh.

Vakilning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi konsuli ayni damda Xyuston shahriga yoʻl olgan. "U shoir jasadini vataniga joʻnatish masalasini hal etishda yordam bermoqda", — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Abdulla Oripov jasadi solingan temir tobut dushanba kuni Oʻzbekistonga yetib kelishi xabar qilingan edi. Ammo hujjatlarda yuzaga kelgan allaqanday muammolar tufayli shoir jasadi hali hamon Oʻzbekistonga olib kelingani yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0