Abdulla Oripov jasadini AQShdan olib kelishda ma’lum muammolar tug‘ilmoqda

© Foto : Novosti UzbekistanaO‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta shanba kuni ertalab hayotdan ko‘z yumgan O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tanasi hali ham Amerikada ekanligi xabar qilinmoqda

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston xalq shoiri, Xalq qahramoni Abdulla Oripov tanasi hali ham O‘zbekistonga olib kelinmagan.

Shoir Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov haqida do‘sti: bunday insonlar 500-yilda bir dunyoga keladilar
Bu haqda Sputnik nashriga voqeadan yaxshi xabardor manba xabar qildi. Manbaga ko‘ra, hujjatlarda yuzaga kelgan allaqanday muammolar tufayli shoir tanasining O‘zbekistonga olib kelinishi kechiktirilmoqda.

Ilgariroq, shanba kuni ertalab vafot etgan Abdulla Oripov jasadi solingan temir tobut dushanba kuni kechqurun to‘qqizlarga O‘zbekistonga yetkazib kelinishi xabar qilingan edi.

"Abdulla Oripovning jasadi ortilgan samolyot AQShdan O‘zbekistonga 7-noyabr kuni kechki soat 20:00da qo‘nadi. Bugun kun bo‘yi Do‘rmonda, buyuk ustoz Abdulla Oripov xonadonida bo‘ldim. Kelib ketuvchi birodarlarimizni ustozning tug‘ishgan akasi Abdurazzoq aka, Abdulla akaning singlisi Bibisora opa va qizlari Shoiraxon va Yulduzxon kutib olmoqda. Ustozning qarindosh-urug‘lari, do‘stu-birodarlari motam sarosimasida. Qayg‘u alamdan barchaning boshi egik. Ichkaridan Yulduzxonning farodi eshitiladi. Unsiz ko‘z yosh to‘kkanlarning sukunatiga chidab bo‘lmaydi. Og‘riqdan dil o‘rtanadi, deb yozgan edi o‘zining Feysbukdagi sahifasida shoir Muhammad Ismoil.

"Bu judolikka Qanday chidayin? Endi qanday nafas olaman?…mehribonim, chiroyli otajonim endi yo‘qlar, bu dunyoda yo‘qlar….meni tashlab ketdilar". O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi Yulduz Oripovaning ijtimoiy tarmoqda otasining vafoti sabab yozgan yuqoridagi so‘zlari ham kishi qalbini larzaga keltiradi.

Xabarlarga ko‘ra, shoir toshkentliklar orasida "kommunist-mozor" deb ataladigan Chig‘atoy qabristonida dafn etilishi rejalashtirilgan.

© Gulbahor ErqulovaAbdulla Oripov do‘sti Gulbahor Erqulova bilan
Abdulla Oripov do‘sti Gulbahor Erqulova bilan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov do‘sti Gulbahor Erqulova bilan

Ijtimoiy tarmoqlarda shuningdek, quyidagi she’r tarqalmoqda.

MENI OLIB KETING

Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Talpingan diyorim, u – O‘zbekiston!
Sehrini aytishga bor hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga!
(She’r Zarifa Oripovaning Feysbukdagi sahifasidan olindi)

© "Favvora Film" kinostudiyaAbdulla Oripov i Islam Karimov v Moskve, simpozium
Abdulla Oripov i Islam Karimov v Moskve, simpozium - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripov i Islam Karimov v Moskve, simpozium

Vesti.uz nashri tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston xalq shoiri bilan vidolashuv 9-noyabr kuni Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida bo‘lib o‘tadi. "Bu qaror shoirning qarindoshlari va yaqinlari tomonidan qabul qilingan", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0