ID yetakchisi Mosuldan qochib ketdi

© AFP / Odd ANDERSEN Mosul shahri yaqinidagi janglar
Mosul shahri yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq harbiylar Mosulni ozod qilish operatsiyasi boshlanganidan buyon ikki mingdan ortiq ID jangarisi o‘ldirilganini ma’lum qilgandi

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Iroq armiyasi "Islom davlati" terrorchilik guruhining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Mosulni tashlab qochib ketganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ilgariroq harbiylar Mosulni ozod qilish operatsiyasi boshlanganidan buyon ikki mingdan ortiq ID jangarisi o‘ldirilganini ma’lum qilgandi.

"Razvedka manbalari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning aviazarbalardan himoyalanish maqsadida o‘zi bilan 150 oilani olib Mosuldan qochib ketganini tasdiqlashdi", — deb bayonot berdi iroq qurolli kuchlari matbuot xizmati.

Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Iroq qo‘shinlari bir necha soatdan keyin Mosulga kirishadi

Avvalroq Abu Bakr al-Bag‘dodiy jangarilarga murojaat qilib, Mosulni nima bo‘lmasin qo‘ldan bermaslikka da’vat qilgandi. Shuningdek, u Turkiyaga tahdid qilib, bu mamlakatni IDning yangi "faoliyat sohasi" deb atagandi.

Abu Bakr al-Bag‘dodiy (haqiqiy ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy) 2014-yil iyundan buyon IDga rahbarlik qiladi. OAV uning o‘limi haqida bir necha marta xabar bergan, lekin keyinchalik bu xabarlar tasdiqlanmagan.

Iroq hukumat armiyasi iroqlik kurdlar va AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlashi yordamida 17-oktabrda 2014-yildan buyon Mosulni nazorat qilib kelayotgan ID guruhiga qarshi kurash boshlagandi.

Yangiliklar lentasi
0