TOShKENT, 7 noya – Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi shoir va jamoat arbobi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Ta’ziya matni elchixonaning Facebookdagi sahifasida o‘zbek, ingliz va rus tillarida e’lon qilindi.
“AQSh elchixonasi taniqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni, o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan adib Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Oxiratingiz obod bo‘lsin!”, — deyiladi ta’ziyanomada.
Abdulla Oripov 5-noyabr AQShning Xuston shahridagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Marhum 8-noyabr kuni Toshkentdagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etilishi xabar qilingan.