O‘zbekistonlik ekstremist Sankt-Peterburgda hibsga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishKishan solingan qo‘l
Kishan solingan qo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2012 yildan beri ekstremist “Turkiston Islom harakati” tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Sud uni qamoqqa olishga hukm chiqardi.

 

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Sankt-Peterburgda hibsga olingan, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Hasan Sattorov,   O‘zbekistonda konstitutsiya tizimini noqonuniy to‘ntarishga urinishda va “Turkiston islom harakati” ekstremistik tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yshda ayblanib, sud qarori bilan hibsga olindi, Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmati xabariga asosan.     

“Sattorov, jamoatchilikni O‘zbekistonda konstitutsiya tizimini  noqonuniy o‘zgartirishga da’vat qilishda ayblanmoqda. Shu bilan bir vaqtda Rossiyada faoliyati ta’qiqlangan, “Turkiston Islom harakati” ekstremistik tashkiloti a’zosi bo‘lgan”, — deyilgan prokuratura xabarida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sattorov 2012-yildn boshlab Sankt-Peterburgda “Turkiston Islom harakati” faoliyatini qayta tiklagan. Ushbu ekstremistik tashkilot majlislarida Suriya va boshqa mamlakatlarda “jihod” va davlat to‘ntarishi tashkil qilib “Islom davlati” o‘rnatish  muhokama qilingan.

Yuqorida keltirilgan faktlar natijasida, Peterburgning Pushkin tumani sudi Sattorovni “sudgacha qamoqda qoldirish” qarorini qabul qildi. 

Politsiya Hasan Sattorovni yakshanba kuni Sankt-Peterburgda qo‘lga oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0