O‘zbekistonga ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner keltirilmoqda

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner Toshkentga olib kelinishi
Boeing 787 Dreamliner Toshkentga olib kelinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Siyetl shahridan parvoz qilgan samolyot shanba kuni tongida, 12 soatlik to‘xtovsiz uchishdan so‘ng «Toshkent” aeroportiga qo‘nadi. Samolyotni kutib olish marosimiga mahalliy nashrlar vakillari, aeroport ishchilari va boshqalar taklif etilgan

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" sotib olgan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlarining ikkinchisi 5-noyabr kuni kuni Toshkentga keltiriladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "Toshkent" xalqaro aeroportidagi manba.

Toshkentda Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib olish - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Boing 787 «orzu layneri”ni kutib oldi
AQShning Siyetl shahridan parvoz qilgan "Orzu samolyot i"shanba kuni tongida, 12  soatlik to‘xtovsiz uchishdan so‘ng "Toshkent" aeroportiga qo‘nadi. Samolyotning umumiy yo‘lovchilar sig‘imi 246 o‘rindiqdan iborat. Yangi samolyot uzoq va o‘ta uzoq xalqaro yo‘nalishlarda foydalaniladi hamda Toshkent—Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi. Deylik, u O‘zbekiston shaharlaridan AQSh va Kanada, Uzoq Sharq, Osiyo, Afrika va Avstraliyaning istalgan shaharlariga parvozlarni amalga oshirish imkoniga ega.

Aytgancha, "Orzu layneri"ni kutib olish marosimiga mahalliy nashrlar vakillari, aeroport ishchilari va boshqalar taklif etilgan.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2016-yil 31-avgust kuni ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotining birinchisini qabul qilgandi. O‘tgan vaqt ichida samolyot O‘zbekistonning turli shaharlariga ichki parvozlarni, shuningdek, Olmaota va Dubay shaharlariga xalqaro parvozlarni amalga oshirdi.

2016 yilning yanvarida O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan samolyot konstruksiyasining tarkibiy qismlarini ta’mirlash bo‘yicha markaz yaratiladi. Ushbu markaz Boeing-787 Dreamliner yangi avlod aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Boeing 787 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
“Orzu layneri” qaysi yo‘nalishlarga uchadi?
Bu Amerikaning Boeing Co kompaniyasi va O‘zbekistonning "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi qo‘shma loyihasidir.

2007—2008 yillarda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Boeing bilan jami 645 million dollarlik to‘rtta Boeing-767-300ER va ikkita Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarini sotib olish haqida shartnoma imzolagan. 2014-yilning iyulida Boeing-767-300ER’ni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma amalga oshirilgan. Ikkita 787-800 Dreamliner esa 2016-yil uchinchi choragida yetkazib berilishiga kelishilgandi.

Yangiliklar lentasi
0