TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2017-yilning birinchi yarmidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi, dedi Uzbekistan Airways bosh direktori Valeriy Tan Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi havo reysi "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining yozgi jadvaliga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
"Ehtimol, bu parvoz bundan ilgariroq amalga oshirilishi ham mumkin, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud", — deya ta’kidladi Valeriya Tan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yozgi jadvali mart oxiridan oktabrgacha amal qiladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq kutilgan birinchi reysi yaqin besh oy ichidayoq amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda parlamentdagi chiqishi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha hukumatlararo kelishuv loyihasini tayyorlaganini ma’lum qilgandi. Lekin u ma’lum bir sanani aytmagan.
Ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1992-yilning kuzida to‘xtatilgan bo‘lib, 200-yilda O‘zbekiston Tojikiston bilan viza tartibini joriy qilgandi.