Kamilov Yevroparlament delegatsiyasi raisini qabul qildi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov va Iveta Grigule
Abdulaziz Kamilov va Iveta Grigule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida Oliy Majlis palatalari va Yevroparlament o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mongoliya bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Griguleni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilmoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning ajralmas va muhim qismi sifatida Oliy Majlis palatalari va Yevroparlament o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash va kengaytirish hisobiga ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligini ta’kidladilar.

Iveta Grigule Toshkent shahrida "O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi" parlament hamkorligi qo‘mitasining 12-yalpi majlisini o‘tkazish uchun Yevroparlament a’zolari guruhini boshqarib kelgan.

Uchrashuvda YeI delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0