Tojik delegatsiyasi aviaqatnov masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga uchdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolyot
Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya o‘z aviatashuvchilarining huquqlarini himoya qilish maqsadida 8-noyabrdan boshlab Tojikiston bilan aviaqatnovni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Tojikiston transport vazirligi dyelegatsiyasi ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnov masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga uchib ketdi, dedi vazirlik rahbari Sherali Ganjalzoda. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

"Delegatsiyamiz aviatsiya sohasida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun Moskvaga uchib ketdi", — dedi u.

Rossiya transport vazirligi vakili ilgariroq Tojikiston hukumati Jukovskiy aeroportidan uchadigan Rossiya aviatashuvchilari samolyotlarini qabul qilishni rad etgani haqida ma’lum qilgandi.

Jukovskiy xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tojikiston bilan aviaqatnovni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

Shu bois Rossiya o‘z aviatashuvchilarining huquqlarini himoya qilish maqsadida 8-noyabrdan boshlab Tojikiston bilan aviaqatnovni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

Payshanba kuni bishkekda Rossiya va Tojikiston vakillari davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning bekor bo‘lishi ehtimolini muhokama qilishdi. Rossiya transport vazirligi rahbarining o‘rinbosari Valeriy Okulov hozircha yakuniy natijaga erishilmagani, ikki davlat vazirlik va kompaniyalari mazkur masalani muhokama qilishlarini ma’lum qildi. U Bishkekdagi uchrashuvda tomonlar 8-noyabrga qadar bo‘lgan parvozlar ro‘yxatini tasdiqlashganini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0