OAV: AQSh harbiy xakerlari Kreml qo‘mondonlik tizimiga kirishdi

Obuna bo‘lish
NBC Newsning ma’lum qilishicha, AQSh hukumati "Rossiya tahdidi"ga javob qaytarish uchun zaxira to‘plamoqda

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Amerikalik "harbiy xakerlar" Rossiya infrastrukturasiga kirishdi va "zarurat tug‘ilsa zarba berishga tayyor", deb ma’lum qildi NBC News AQSh razvedkasining shaxsini sir tutgan vakiliga tayanib. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu borada rasmiy izoh berilmadi. Davlat departamenti vakillari ilgariroq AQSh kibermakonda Rossiya bilan to‘qnashuvdan manfaatdor emasliklarini bildirishgandi.

"AQSh harbiy xakerlari Rossiyaning elektr va telekommunikatsiya tarmoqlariga hamda Kremlning qo‘mondonlik tizimiga kirishdi. Bu bilan ular agar AQSh zarur deb hisoblasa maxfiy kiberqurol orqali ularga hujum qilishni osonlashtirdilar. Bu haqda razvedkaning yuqori mansabli vakili xabar qildi, NBC News tomonidan o‘rganilgan maxfiy hujjatlar ham bundan darak bermoqda", — deyiladi telekanal xabarida.

NBC News "rasmiy shaxslar"ga tayanib, "kiberqurol agarda AQShga sezilarli hujum bo‘lsagina qo‘llanilishini" ta’kidlaydi.

"AQSh rasmiy shaxslari Rossiya kelasi haftada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini izdan chiqarishga urinish maqsadida o‘z kiberimkoniyatlarini ishga solishidan xavotirlanishda davom etishmoqda. AQSh razvedkasidagi rasmiy shaxslar Rossiya bu muhim infrastrukturasiga hujum qilishini kutishmayapti, chunki bu ko‘pchilikning fikricha, jangovar harakat hisoblanadi. Biroq ular Rossiya yolg‘on xabar tarqatish maqsadida soxta hujjatlarni tarqatishlari va ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlar yaratishlari mumkinligidan cho‘chishmoqda", — deb xabar beradi telekanal.

V. Putin investitsion forumda - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Biz AQShning har qanday rahbari bilan ishlashga tayyormiz

Telekanalning ma’lum qilishicha, AQSh hukumati “Rossiya tahdidi”ga javob qaytarish uchun zaxira to‘plamoqda.

Telekanal NATOning sobiq qo‘mondoni admiral Jeyms Stavridisning fikrini keltiradi. "Biz har qanday tomonga hujum qilish (kibermakonda) imkoniyati bo‘yicha sezilarli darajada oldinda turamiz, lekin ular bizga yetib olishapti… Biz saylovlar arafasida kiberhujum qilingan taqdirda Rossiyaga javob qaytarish nuqtasiga yetib keldik", — dedi u.

RIA Novosti Oq Uy, davlat departamenti, Pentagon va boshqa muassasalardan mazkur lavha yuzasidan izoh olishga muvaffaq bo‘lmadi.

Ilgariroq AQSh ichki xavfsizlik vazirligi va milliy razvedka direktori Rossiyani AQShdagi saylovlar natijalariga kiberhujumlar orqali ta’sir ko‘rsatishga urinishda ayblashgandi. AQSh maxsus xizmatlari bir necha bor Rossiya respublikachi Donald Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlayotganligiga sha’ma qilgandi. Biroq ular bu borada hech qanday dalil keltirishmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp Moskva uchun favorit ekanligi haqidagi ta’kidlovlar jamoatchilik fikrini o‘zgartirish uchun qilinayotgan siyosiy o‘yin ekanligini bildirdi. Putin Moskva amerika xalqi saylagan har qanday prezident bilan ishlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0