“Orzu layneri” qaysi yo‘nalishlarga uchadi?

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner
Boeing 787 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boeing 787 Dreamliner samolyoti 5-sentabrdan parvozlarni mamlakat ichki yo‘nalishlaridan boshlaydi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekistonliklar “orzu laynerida” parvoz qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi.

“Sizda parvozdan butunlay yangicha taasurot olish imkoni paydo bo‘ldi, “orzu layneri”da parvoz qilib qulaylikning yangi darajasiga baho bering”, — deyilgan kompaniya xabarida.

Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, boshqaruv tizimi butunlay yangi bo‘lgan ushbu layner avval mamlakat ichida, chet ellik uchuvchi-instruktorlar yordamida, ekspluatatsiya qilinib, bo‘lajak uchuvchilar tajriba orttirishi kerak.

© Sputnik / StringerYangi Boing 787 samolyoti uchuvchilar kabinasi
Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yangi Boing 787 samolyoti uchuvchilar kabinasi
Boing-787 “orzu layneri” eng zamonaviy, uzoq masofaga uchuvchi ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgan va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega samolyot. Yo‘lovchi saloni dizayniga mutlaq yangicha yondashuvi  natijasida, ekipaj a’zolari va yo‘lovchilariga uzoq parvoz davomida barcha qulayliklarni yaratilgan. Samolyotning tashqi shovqin tovushi avvalgi modellarga nisbatan ikki barobar pasaytirilgan. Drimlayner saloni ichki diametri 1 metrga kengaytirilgan. Samolyot yo‘lovchilarning parvozlarini maroqli o‘tkazishiga imkon beruvchi qulay o‘rindiqlar, pol qoplamalar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar bilan jihozlangan. Shuningdek, unda har bir yo‘lovchi uchun ko‘ngilochar dasturli alohida manitorlar va havoni namlantiruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilgan.

Sentabr oyidan boshlab, Milliy aviakompaniya 246 yo‘lovchi o‘rindiqqa ega ushbu laynerda O‘zbekiston aeroportlaridan AQSh va Kanada, Uzoq Sharq, Osiyo, Afrika hamda Avstraliyaning istalgan aeroportlariga parvozlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0