Moskvada Xalq birdamligi kuniga bag‘ishlangan bayram mitingi yakunlandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishRossiyada Xalq birdamligi kuniga bag‘ishlangan bayram-mitingi o‘tkazildi
Rossiyada Xalq birdamligi kuniga bag‘ishlangan bayram-mitingi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada Xalq birdamligi kuniga bag‘ishlangan miting-bayram yakunlandi; siyosatchilar Rossiya fuqarolarini tarix saboqlarini hamisha yodda saqlashga, axil bo‘lishga, shuningdek, millat kelajagiga doir masalalarni yechishda faollik ko‘rsatishga da’vat qildilar

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Moskvada Xalq birdamligi kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbir Moskva vaqti bilan 10.30da boshlandi; kolonna Tverskaya ko‘chasidan "Biz birdammiz" shiori ostida miting-konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan Manejnaya maydoniga qarab harakatlandi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Boroviskaya maydoni - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada knyaz Vladimir haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr Rossiyada Xalq birdamligi kuni sifatida  nishonlandi. Ushbu bayram 1612-yilda Moskvaning polshalik bosqinchilardan ozod qilinishi sharafiga ta’sis qilingan. Bu bayram davlat bayrami sifatida 2005-yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Bayram 1996-yildan nishonlanib kelingan Murosa va hamjihatlik kuni, undan avvalroq esa 7-noyabr inqilob kuni sifatida nishonlangan bayram o‘rniga kelgan.

80 ming kishi yurishi

Miting-konsert Rossiya Jamoatchilik palatasi tomonidan tashkillashtirildi. Juma kuni Moskva markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda 80 ming kishi qatnashdi. Tadbir ishtirokchilari orasida fuqarolik jamiyati faollari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, mahalliy uyushmalar, milliy-madaniy avtonomiyalar vakillarini uchratish mumkin edi.

Misol uchun, kolonna boshida Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Sergey Neverov (Yedinaya Rogssiya partiyasi) hamda LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyni uchratish mumkin edi. Bayram tadbirida esa Kreml ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ishtirok etdi.

Bayram tadbiri davomida Rossiya estradasining eng yorqin yulduzlari: Valeriya, Diana Gurskaya, Aleksey Vorobyev va boshqalar chiqish qildilar. Tadbirni Denis Maydanov o‘zining "Mening davlatim bayrog‘i" qo‘shig‘i bilan ochib berdi.

Tadbirga odamlar "Biz — bu Rossiya", "Biz birlik tarafdori!" kabi shiorlar yozilgan plakatlar bilan keldilar. Bayramda sovuqdan saqlanish uchun o‘zlari bilan termos ko‘tarib kelganlarni ham uchratish mumkin edi.

Bayram nafaqat Rossiya, balki Ukrainaniki ham

Rossiya jamoatchilik palatasi kotibi Aleksandr Brechalov sahnadan turib, nafaqat Rossiya, balki Ukraina xalqini ham Xalq birdamligi kuni bilan muborakbod etdi.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishXalq birdamligi kuniga atab "Biz birdammiz" shiori ostida xalq yurishi.
Shestvie i miting Mi yedini! v chest Dnya narodnogo yedinstva - Sputnik O‘zbekiston
Xalq birdamligi kuniga atab "Biz birdammiz" shiori ostida xalq yurishi.

"Xalq birdamligi kuni — bu nafaqat tariximiz, balki madaniyatimiz, joiz bo‘lsa o‘zimizning uzviy qismimiz hisoblanadi. Shu kechayu-kunduzda ham, xuddi to‘rt asr avval bo‘lgani kabi, Rossiyani sarosimada qoldirishni istaguvchilar topiladi. Lekin, sizu biz Ota vatanimizning boshiga ish tushgan og‘ir damlarda birlasha olishimizni ko‘plab marotaba isbotlaganmiz. Bugun ertalab, Ukrainada yashovchi bir do‘stim qo‘ng‘iroq qilib meni ushbu bayram bilan tabrikladi. Shu bois, men ham chin yurakdan qardosh ukraina xalqini Xalq birdamligi kuni bilan muborakbod etib, ularga — "Biz birdammiz!" deb aytmoqchiman", — deb aytdi Brechalov sahnada turib.

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy ham so‘zga chiqdi, u o‘z chiqishida Rossiya fuqarolarini tarix saboqlarini unutmaslikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0