TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Xalq birdamligi kuni munosabati bilan Moskvadagi Boroviskaya maydonida knyaz Vladimir haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Haykal me’mor Salavat Sherbakov tomonidan yaratilgan.
Tantanali ochilish marosimda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, patriarx Kirill, Rossiya hukumati a’zolari, deputatlar, Moskva meri Sergey Sobanin shuningdek, jamoatchilik tashkilotlari, ilm-fan arboblari, madaniyat va san’at vakillar ishtirok etishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr har yili Rossiyada Xalq birdamligi kuni sifatida nishonlandi. Ushbu bayram 1612-yilda Moskvaning polshalik bosqinchilardan ozod qilinishi sharafiga ta’sis qilingan. Bu bayram davlat bayrami sifatida 2005-yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Bayram 1996-yildan nishonlanib kelingan Murosa va hamjihatlik kuni, undan avvalroq esa 7-noyabr inqilob kuni sifatida nishonlangan bayram o‘rniga kelgan.