Farg‘ona viloyatida arzon dorixona ochildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDorixona
Dorixona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillikning 25-yilligi arafasida "Dori-Darmon" AK butun mamlakat bo‘ylab 60ta ijtimoiy dorixonalarni ishga tushirishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ijtimoiy dorixona ishga tushirildi. "Dori-Darmon" aksionerlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan dorixonada xaridorlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, deb xabar qilingan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha "Dori-Darmon" AK O‘zbekiston respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi arafasida butun mamlakat bo‘ylab 60ta ijtimoiy dorixonalarni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Uchko‘prik tumanida ish boshlagan zamonaviy dorixonada arzon va sifatli dori-darmonlarni xarid qilish mumkin, deb xabar qilingan saytda. Xaridorlar uchun eng qulayi, bu turdagi dorixonalar nazorat kassalari va to‘lov terminali bilan ta’minlanishidir.

Rejaga muvofiq, 2016-2017 yillarda Farg‘ona viloyatida 12ta ijtimoiy dorixonalar ochilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0