Djulian Assanj 21-asrda so‘z erkinligi va AQSh hukumatining Google bilan hamkorligi haqida

Obuna bo‘lish
Djulian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasidan turib “Jurnalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv” xalqaro mediaforumi qatnashchilari bilan video-ko‘prik orqali nutq so‘zladi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. WikiLeaks sayti asoschisi Djulian Assanj 21-asrda so‘z erkinliga haqida gapirar ekan, Google korporatsiyasi AQSh hukumati vakillari bilan juda yaqin munosobatda ekanligini ta’kidladi.  

Xususan, Google AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Xillari Klinton bilan juda yaqin aloqada ekanliginiva uning saylov kampaniyasida bevosta qatnashayotgani ta’kidladi.

Googlening sobiq direktori Erik Shmidt Xillari Klintonni internetda targ‘ib qiluvchi kompaniyaga rahbarlik qilmoqda.

Assanjning so‘zlariga qaraganda, bir vaqtning o‘zida, Shmidt Pentagonning innovatsiyalar qo‘mitasi raisi lavozimini ham egallab kelmoqda.

“AQSh davlat departamenti va Google bir-biridan foydalanishmoqda. Bu turli darajadagi integratsiya”, — dedi WikiLeaks sayti asoschisi.

Djulian Assanj so‘zlagan nutqning to‘liq matnini qo‘yidagi videolavhada rus tilida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0