TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Yil boshidan buyon Rossiya bozorida xaridorgir bo‘lgan O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa – 41 million dollardan 89 million dollarga oshdi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Gromikoning O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuvida yuqoridagi raqamlar tilga olindi.
Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazishni yanada oshirish borasidagi tadbirlar majmuasini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar agrosanoat majmuasi bo‘yicha har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.