TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputatlarining navbatdagi yig‘ilishida prezident Emomali Rahmonga mustaqil Tojikiston asoschisi maqomi berildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ilgariroq deputatlar konstitutsion qonunga "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat yetakchisi" maqomini kiritishni bir ovozdan ma’qullashgandi. Ular ushbu qonunga bir nechta tuzatish kiritdilar, tuzatishlardan birida Rahmon mustaqil Tojikistonning asoschisi deb e’tirof etiladi.
Tuzatishga muvofiq, mamlakatda Millat yetakchisining maxsus fondi tuziladi, Millat yetakchisi Ordeni va millat yetakchisi Mukofoti ta’sis etiladi.
Millat yetakchisi prezidentlik lavozimini tark etganidan keyin xalqqa murojaat qilish va muhim davlat tadbirlarida ishtirok etish hamda nutq so‘zlash huquqini saqlab qoladi.
Mamlakatni boshqarish davridagi barcha harakatlari uchun Millat yetakchisiga daxlsizlik kafolatlanadi.
Shuningdek, uni tutib turish, hibsga olish va tintish taqiqlanadi, Millat yetakchisi va uning yaqinlariga tegishli mol-mulk daxlsizligi ta’minlanadi.