ShHT davlatlari hukumat rahbarlari qator hujjatlarni imzoladilar

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishShHT hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi
ShHT hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish doirasida Rustam Azimov va Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla muzokara o‘tkazishdi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Bishkekdagi yig‘ilish yakunlariga ko‘ra qator hujjatlarni imzoladilar, deb xabar berdi RIA Novosti.

Hammasi bo‘lib kengashning o‘nga yaqin qarori qabul qilindi. Ular orasidan tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish haqida ShHT kotibiyati hisoboti haqidagi qaror, ShHT budjetining 2015-yilda bajarilishi natijalari bo‘yicha moliyaviy hisobot, 2017-yil budjeti, tashkilotning doimiy amaldagi organlari tashqi auditini o‘tkazish bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar tashqi auditorlar komissiyasining ma’ruzasi haqidagi qaror kabi hujjatlar o‘rin oldi.

O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov ShHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi

Shuningdek, ShHT taraqqiyot banki va ShHT taraqqiyot fondini tashkil qilish bo‘yicha kelgusidagi ishlar haqidagi hujjat, ShHTning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyihaviy faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati haqidagi qaror, 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi haqidagi hujjatlar imzolandi.

Bundan tashqari, ShHT yo‘llarini rivojlantirish dasturi loyihasi haqidagi qaror ham imzolandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston nomidan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Yig‘ilish doirasida Rustam Azimov va Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla muzokara o‘tkazishdi. Uchrashuv Bishkekda o‘tayotgan ShHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan turli darajadagi tashrifi va erishilgan kelishuvlar natijalariga yuqori baho berdilar. Ular O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini uzviy mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0