Rustam Azimov ShHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov
O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining 15-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda qator masalalar muhokama qilinib, yakunida 10 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Bishkekda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari kengashining yubiley majlisi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov yig‘ilishda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga yetib keldi.

Ilgariroq O‘zbekiston TIV rasmiy saytida Rustam Azimov ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida qatnashishi, moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiya noyabr oyi boshida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etishi ma’lum qilingan edi.

ShHT a’zolari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekdagi ShHT bosh vazirlari kengashida kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi
Tor doirada bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston Bosh vazirlari ishtirok etishmoqda. Kengaytirilgan tartibda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda esa kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ShHT Kotibiyati xodimlari ham ishtirok etadilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Tashkilotga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari ShHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qiladilar.

Yig‘ilish yakunida 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0