Qirg‘iziston ShHT taraqqiyot banki va fondini tuzishga chaqirdi

© Sputnik / Vitaliy BelousovShHTga a’zo davlatlar bayroqlari
ShHTga a’zo davlatlar bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Hindiston va Pokistonning ShHTga qabul qilinishi bilan tashkilotning iqtisodiy salohiyati oshadi, deb hisoblaydi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qirg‘iziston ShHT taraqqiyot banki va fondini tuzish hamda energetika sohasida loyihalar amalga oshirish tarafdori, dedi Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Sooronbay Jeenbekov Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan ShHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston ma’lum qilmoqda.

Qirg‘iziston Hindiston va Pokistonning ShHTga qabul qilinishi bilan tashkilotning iqtisodiy salohiyati oshadi, deb hisoblaydi.

"Hamkorlik loyihalarining olg‘a siljishini ta’minlovchi omillardan biri, shubhasiz ularning moliyaviy ta’minoti hisoblanadi. Qirg‘iziston tomoni ShHT taraqqiyot banki va ShHT taraqqiyot fondi (maxsus hisob)ni tashkil qilish masalasini tezroq kelishishga chaqiradi. Ushbu tuzilmalar o‘zaro iqtisodiy loyihalarning moliyaviy ta’minotida samarali omil bo‘lishi darkor", — dedi Jeenbekov.

O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov ShHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi

Uning aytishicha, muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun a’zo-davlatlarning ishbilarmon va moliyaviy doiralarini jalb etish lozim.

"Butun mintaqaning rivojlanishi investitsion loyihalar tanlovining bosh tamoyili bo‘lishi kerak. Ilk loyihalar energetika, energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalari sohasida bo‘lishi mumkin", — dedi u.

Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi sifatida Rossiya va Xitoyning YeOII va Buyuk Ipak yo‘li iqtisodiy kamari doirasida loyihaviy faoliyatni birlashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Respublika bu tashabbusni ShHT kun tartibiga kiritishga loyiq deb hisoblaydi va ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama tartibda ishlashga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0