Azimov Bishkekda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashdi

© Sputnik / Aleksey DrujininRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv Bishkekda o‘tayotgan ShHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov va Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Bishkekda muzokara o‘tkazishdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv Bishkekda o‘tayotgan ShHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kelgusida rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov ShHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi

"Tomonlar Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan turli darajadagi tashrifi va erishilgan kelishuvlar natijalariga yuqori baho berdilar. Ular O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini uzviy mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar", — deyiladi xabarda.

O‘tgan haftada Afg‘oniston prezidentining vakillaridan iborat ushbu mamlakat delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdilar hamda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida ishtirok etdilar.

Oktabr oyi boshida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Qobul ikki tomonlama hamkorlikni, xususan iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi kelishuv imzolashni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0