Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ishga tushirildi

© Sputnik / Mixail MordasovSement zavodidagi ishchi
Sement zavodidagi ishchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona rahbari Qodirjon Ahmedovning aytishicha, bu yerda yaratilgan yuzdan ortiq ish o‘rniga asosan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari jalb etilgan

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ish boshladi, deb xabar qilgan "Jahon" axborot agentligi.

Beton ishlab chiqarish ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda qiymati 225 mln $ bo‘lgan sement zavodi quradi
"O‘zbekiston tumanidagi Sho‘rsuv shaharchasi hududida foydali qazilma konlari mavjud. Bu zamindagi ohak, gips toshlar, temir tarkibli ohra tuproqlar tabiatning noyob boyliklaridir. Ushbu tabiiy imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan sho‘rsuvlik tadbirkorlar yangi ishlab chiqarish subektlari tashkil etmoqda", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tumandagi "Turon eco cement" mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida yangi sement ishlab chiqarish zavodi ish boshlagan.

Xitoylik mutaxassislar hamkorligida qurib bitkazilgan zavodda kuniga 350 tonna sifatli qurilish mahsuloti tayyorlanadi. Eng muhimi, mahsulot uchun zarur xomashoning 98 %i korxona tasarrufidagi konlardan olinadi.

Korxona rahbari Qodirjon Ahmedovning aytishicha, bu yerda yaratilgan yuzdan ortiq ish o‘rniga asosan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0