Tashviqot ertaklari: Germaniya qanday qilib bolalar ongini zaharlayotgani haqida

Obuna bo‘lish
Germaniyaning Deutschlandfunk radiostansiyasida bolalarga bag‘ishlangan "Kakadu" dasturi efirga uzatiladi. Unda kichkintoylar xalqaro voqealar va siyosat, shu jumladan, Rossiya to‘g‘risidagi yangiliklardan boxabar etib boriladi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Yoritib borilayotgan yangiliklar haqqoniyligi kishida shubha uyg‘otadi, deb yozadi Sputnik Germaniya.

Jumladan, 19-oktabr kuni bolalar dasturida quyidagi xabar o‘qib eshittirilgan:

Germaniya kansleri Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilish sababini aytdi
"Rossiya prezidenti Putin ayni vaqtda ikkita urush olib bormoqda: bittasi Ukrainada va yana bittasi Suriyada. Germaniya kansleri Merkel va Fransiya prezidenti Olland Putin ikkala urushni to‘xtatishiga erishmoqchi. Lekin ularning bu xohishi amalga oshmaydigan ko‘rinadi, negaki, Putin xalqaro qoidalarga amal qilmaydi. Putin Rossiyaning jahondagi mavqeyini, agar zarur bo‘lsa urush yo‘li bilan ham, albatta, kuchaytirish kerak deb hisoblaydi. Germaniya kansleri Merkel va Fransiya prezidenti Olland Putin Suriyada inson huquqlarini qo‘pol ravishda poymol etayotgani haqida ko‘p bora gapirganlar. Rossiya samolyotlari shifoxonalar va BMT insonparvarlik karvonlarini bombardimon qilmoqda. Shu bois ham suriyalik oilalarning aksariyati Germaniyaga qarab qochmoqda. Ukrainada ham kelishuvlarga zid ravishda Rossiya askarlari jang qilmoqda. Putinga bu ishlarda qanday qilib qarshilik ko‘rsatish mumkin — hozircha noaniq. To‘g‘ri, Rossiyaga ma’lum ma’noda bosim o‘tkazish orqali ta’sir ko‘rsatish mumkin, deylik ayrim tovarlarni unga sotmaslik mumkin — bu "sanksiya" deyiladi. Lekin buning uchun barcha yevropaliklar yakdil bo‘lishi lozim — ayni vaqtda esa bunga erishishning iloji bo‘lmayapti".

Sputnik Germaniya ma’lumotlariga muvofiq, ushbu xabar muallifi — Deutschlandfunkning AQShdagi muxbiri Markus Pindur o‘zining Rossiyaga nisbatan adovatli qarashlari bilan mashhur.

Sputnik Germaniya agentligi Deutschlandfunk vakillariga murojaat etib, bu borada izoh so‘raganida, radiostansiya matbuot-kotibi Efa Zabine Kunst "bunda hech qanday haqiqatni buzib ko‘rsatuvchi, yolg‘on yoxud noto‘g‘ri faktlarni ko‘rmayotganini" aytgan.

Sputnik Germaniya nemis radiosida bunday turdagi xabarlarning paydo bo‘lishi — shunchaki anglashilmovchilik ekaniga, kelgusi haftada "Kakadu" Qo‘shma Shtatlar haqida ham ertak so‘ylashiga umid bildirib qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0