Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilish sababini aytdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGermaniya kansleri Angela Merkel
Germaniya kansleri Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya kansleri sanksiyalar uzaytirilishini Minsk shartnomasining amalga oshirilishi bilan bog‘ladi. Eslatib o‘tamiz Minsk shartnomasi Ukraina, Fransiya, Germaniya va Rossiya vakillari tomonidan imzolangan.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Yevropa Kengashining Brusselda bo‘lib brifingida Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyaga qarshi  sanksiyalar uzaytirilish sababini aytdi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Men va Fransiya prezidenti Fransua Olland bugun yana bir marta Minsk shartnomasining amalga oshirilish darajasiga baho berdik. Uning amalga oshirilish darajasini hisobga olgan holda, sanksiyalarni uzaytirish… kerak degan qarorga keldik. Shunday qilib sanksiyalarni uzaytirish yo‘lida hech qanday to‘siq yo‘q”, — dedi Merkel.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga qarshi o‘tgan yili qabul qilingan sanksiyalar muddati 31-iyulda tugashi kerak. Oldinroq Yevropa Ittifoqi vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oy muddatga, 2017-yilning yanvariga qadar uzaytirishga ovoz berishgan edi. Ularning qarori YeI Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak edi.

Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiya – parlament tasdig‘i huquqidan foydalanishdi, ya’ni ular o‘z qarorlarini mamalkat parlamenti roziligini bilan qabul qilishadi. Keyinroq Italiya 2016-yilning oxirida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish huquqini talab qildi.

Yangiliklar lentasi
0