Bishkekdagi ShHT bosh vazirlari kengashida kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishShHT a’zolari bayroqlari
ShHT a’zolari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 10ga yaqin hujjat imzolanishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. ShHTning Qirg‘iziston tomonidan milliy koordinatori, TIV integratsion birlashmalar departamenti direktori o‘rinbosari Gulkayir Balbayeva 3-noyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining yig‘ilishida qaysi davlatdan kimlar ishtirok etishi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

Matbuot anjumanida u Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston bosh vazirlari yig‘ilishda ishtirok etishlarini tasdiqlashganini bildirdi. O‘zbekiston nomidan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov ishtirok etadi.

"Shuningdek, yig‘ilishda kuzatuvchi davlatlar vakillari: Hindistondan — tashqi ishlar vaziri, Pokistondan — bosh vazir maslahatchisi, Afg‘onistondan — bosh vazir, Erondan — tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari qatnashadilar. Mongoliya nomidan elchi qatnashadi", — deb ma’lum qildi Balbayeva. Belarus bosh vaziri og‘zaki rozilik bergan.

ShHT emblemasi - Sputnik O‘zbekiston
ShHT Bosh kotibi: O‘zbekistondagi Prezidentlik saylovlari butun mintaqa uchun muhim

Bundan tashqari, MDH, BMT va boshqa tashkilotlardan taklif qilingan mehmonlarning ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Balbayeva bir qator masalalar muhokama qilinishi hamda yig‘ilish yakuniga ko‘ra 8-10 hujjat imzolanishi rejalashtirilganini bildirdi.

"ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengashi qaroriga asosan tashkilotning 2017-yilgi budjeti, 2017-2021 yilga mo‘ljallangan loyihaviy faoliyatni kelgusida rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlanadi", — dedi u.

ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015-yil iyulda Hindiston va Pokistonni tashkilotga a’zolikka qabul qilish jarayoni boshlangan.

A’zo davlatlarni birlashtirib turuvchi hududda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, separatizm, ekstremizm, narkotrafikka qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlik, energetik sherikchilik, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish tashkilotning asosiy vazifalari deb e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0