Atambayev: dunyodagi tinchlik ShHT qanchalik mustahkam ekaniga bog‘liq

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishRF Bosh vaziri D. Medvedevning Qirg‘izistonga tashrifi
RF Bosh vaziri D. Medvedevning Qirg‘izistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHTga a’zo bo‘lishni istovchilar soni ortib borayotgani, tashkilot nufuzidan dalolat beradi, deb ta’kidladi Qirg‘iziston prezidenti

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev sammitda qatnashish uchun Bishkekkayetib kelgan ShHTga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Atambayev o‘z nutqi avvalida ShHTga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlariga yubiley yig‘ilishda ishtirok etayotganlari uchun alohida tashakkur izhor etdi.

O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov ShHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka jo‘nab ketdi
"Men barchangizni ko‘rib turganimdan xursandman. Biz birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz, fikrimcha, bu dunyo ko‘lamiga mos ishlar — ShHT qanchalik mustahkam bo‘lsa, dunyodagi vaziyat ham shunchalik stabil bo‘ladi. Bishkekdagi yig‘ilishda tashkilotga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlarining barchasi ishtirok etayotgani — qabul qilayotgan tomon uchun katta sharafdir", — deb ta’kidladi Atambayev.

Qirg‘iziston prezidenti, shuningdek, ShHTga a’zo bo‘lishni istovchilar soni ortib borayotgani, tashkilot nufuzidan dalolat beradi, deb ta’kidladi. Atambayevga ko‘ra, Hindiston va Pokistonning tashkilotga qabul qilinishi haqidagi so‘nggi qaror esa ShHT salohiyatini oshirishga yordam beradi.

"Endilikda ishlarimiz ancha oson kechadi, nega deganda UFAda ShHTni rivojlantirish strategiyasini qabul qildik. Biz, endilikda keyingi 10-yilga birgalikda qanday yo‘ldan borishimiz batafsil bayon qilingan ushbu strategiyaga amal qilmog‘imiz kerak", — deb qayd etdi Atambayev.

Atambayev bilan uchrashuvda Qirg‘iziston Bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajarayotgan Sooronboy Jeenbekov, Qozog‘iston bosh vaziri Boqitjon Sagintayev, Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev, O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda,  Xitoy Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsan, shuningdek, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Sisoyevlar qatnashishdi.

Yangiliklar lentasi
0