4 noyabr kuni O‘zbekistonda qor yog‘adi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishQor yog‘moqda
Qor yog‘moqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kechasi 3-5, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Dovulli ob-havo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 3-4 noyabr kunlari kuchli dovul bo‘lib, sel ketishi kutilmoqda
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0