O‘zbekistonda 3-4 noyabr kunlari kuchli dovul bo‘lib, sel ketishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Ratsimor / Mediabankka o‘tishDovulli ob-havo
Dovulli ob-havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3-4 noyabr kunlari O‘zbekistonda shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil etishi kutilmoqda

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston hududida shtormli shamol esishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "O‘zgidromet"dan olingan ma’lumot asosida.

"3-4 noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 3-noyabr kuni kechqurun, oqshom hamda 4-noyabr kuni tongda respublikaning ayrim tumanlarida yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrni tashkil qilishi kutilmoqda", deyiladi xabar matnida.

3 noyabr kuni kunduzi havo harorati keskin pasayishni boshlaydi, 4-5 noyabr kunlari havo kechasi 0-2 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 1-2 daraja sovuq bo‘lishi, kunduzi esa 5-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, 3-4 noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel ketishi xavfi borligi ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0