Shavkat Mirziyoyev Andijon va Farg‘ona viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi

Obuna bo‘lish
Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan uchrashuvlar ochiq va jonli bo‘ldi

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi e’lon qilindi

Dasturga ko‘ra, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish muhim masalalardan hisoblanadi.

Shuningdek, mamlakatdagi tinchlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, hududlarni kompleks va izchil rivojlantirish, xalq turmush darajasi va hayot sifatini yuksaltirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv videokonferensiya tarzida o‘tkazildi. Andijon shahri va barcha tuman markazlarida yig‘ilgan saylovchilar bilan ochiq va jonli muloqot bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev shu kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan ham uchrashdi.

Nomzod o‘zining saylovoldi dasturida belgilangan asosiy yo‘nalishlar haqida batafsil to‘xtaldi.

Nomzodning dasturidan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, aholi farovonligini har tomonlama oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, yerlarning unumdorligini oshirish va ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ijtimoiy infratuzilmalarni takomillashtirish, bandlikni ta’minlash kabi masalalar o‘rin olgan.

Videokonferensiya tarzida o‘tgan ochiq muloqotda ishtirokchilar “o‘zbek modeli” barcha sohalarda ulkan samaralar berayotganini qayd etdilar.

Yangiliklar lentasi
0