Namanganda yapon reanimobillari paydo bo‘ldi

© Press-slujba YuNFPAReanimobil
Reanimobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namanganning Yangiqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Pop, Chust va Kosonsoy rayonlari tez yordam bo‘limlarida zamonyaviy tez yordam mashinalari paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ushbu tez yordam reanimatsiya avtombili Yaponiyaning Nissan zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning har biri 92 mln so‘m turadi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.  

Mutaxassislar aytishiga qaraganda, ushbu avtomobillar tezkor yordam ko‘rsatish va bemorlar hayotini saqlab qolishda katta imkoniyatlarga ega. 

Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Tez yordam yetib kelish vaqti qisqartirildi

Yangiqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlarida eng yangi raqamli rentgen apparatlari ham ishga tushdi. Namangan viloyatiga olib kelingan tibbiy uskunalar va reanimobillar umumiy qiymati 10 milliard so‘mdan oshdi.

Jahon banki huzuridagi Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan "Sog‘liq-3" loyihasi doirasida markaziy ko‘p profilli poliklinikalar, 11 tuman tibbiy uyushmalarini to‘liq qayta jihozlash va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish uchun 11 mln Dollar mablag‘ ajratilgan edi. Aynan ushbu mablag‘ evaziga zamonaviy diagnostika apparaturalari, xususan UZI, gastrofibroskoplar, kardiomonitorlar, jarrohlik va stomatologiya kabinetlari uchun jihozlar sotib olindi.

Yangiliklar lentasi
0