Sog‘liqni saqlash vazirligi uy qurishdagi sanitariya qoidalarini belgiladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishUy quruvchi
Uy quruvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng yaxshi qurilish materiali sifatida g‘isht ko‘rsatib o‘tildi

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yashash turar joylarini loyihalash, qurish va jihozlash bo‘yicha yangi sanitariya qoidalari va meyorlarini qabul qildi, deb xabar bermoqda ut.uz.

Namunali loyihalar asosida qurilgan uylar - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq joylarda yangi uylar qurilishiga 700 mln $ ajratildi

Unda aytilishicha, uy-joy qurishda nogironlar aravachasida harakatlanadiganlarning uyga kirib-chiqishi va yashashi uchun sharoitlar yaratish, binolar ichida va tashqariga zararli yoki o‘tkir hid ajratadigan moddalarni bartaraf qilish, shuningdek, ichkari va tashqaridan ortiqcha issiqlik to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor berish lozim. Bino soyasi qo‘shni hovlini qorong‘i qilib qo‘ymasligi, tabiiy havo aylanishini to‘smasligi, havo namligi va haroratiga ta’sir ko‘rsatmasligini inobatga olish darkor.

Vazirlik shuningdek, shovqin, vibratsiya, elektromagnit to‘lqinlari, radiochastotalarning meyoridan ortiq bo‘lmasligini kerakligini tavsiya qilmoqda.

Uy-joylarni yoz mavsumida radiatsion isish manbai bo‘lgan beton, temir-beton, silikalsit va boshqa shunga o‘xshash xom ashyolardan qurmaslik tavsiya etilmoqda.

Eng yaxshi qurilish materiali sifatida g‘isht ko‘rsatib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0