Mirziyoyev va Otamuratov saylovoldi tashviqotiga kirishishdi

© AFP / MAXIM MARMURSaylovchi
Saylovchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada O‘zbekistonda rasman faoliyat ko‘rsatuvchi barcha partiyalar Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodlarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan Prezident vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev va respublika parlamentining qonunchilik palatasi vitse-spikeri Sarvar Otamuratov saylovoldi tashviqotini o‘tkazishga kirishishdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Birinchi noyabr kuni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Andijon hamda Farg‘ona viloyatlari shahar va tumanlaridagi saylovchilar bilan videokonferensiya shaklidagi uchrashuvi o‘tkazildi. Ikkinchi noyabr kuni ana shunday shakldagi uchrashuv Namangan viloyatidagi shahar va tumanlari saylovchilari bilan bo‘lib o‘tadi", — dedi O‘zLiDeP vakili.

Saylov plakati - Sputnik O‘zbekiston
Saylovoldi tashviqotida OAVga qo‘yiladigan talablar aytib o‘tildi

O‘tgan haftada O‘zbekistonda rasman faoliyat ko‘rsatuvchi barcha partiyalar Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodlarini ro‘yxatdan o‘tkazdilar. Xususan, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov nomzodlari ro‘yxatga olindi.

"Milliy tiklanish" partiyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, seshanba kuni Otamurotov Xorazm viloyati saylovchilari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

"Uchrashuvda turli sohalar vakillari, ayollar, yoshlar, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar", — dedi partiya matbuot xizmati vakili.

Shuningdek, saylovlarda qatnashish uchun O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov va "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov nomzodlari ro‘yxatga olingan.

Prezidentlik saylovlari to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, saylovoldi tashviqoti nomzod MSKda ro‘yxatga olingan kundan boshlanadi va 2-dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Saylovdan bir kun oldin va saylov kuni tashviqot olib borish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0