Boboqulova qattiq uyqudaligi sababli sud majlisi qoldirildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGulchehra Boboqulova
Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchi belgilangan dorilarni qabul qilganidan so‘ng qattiq uyquga ketgani bois sud majlisiga olib borilmadi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Moskvaning Xoroshevsk sudi go‘dakni o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik gulchehra Boboqulova dori qabul qilganidan so‘ng medikamentoz uyquda bo‘lganligi bois sud majlisini qoldirdi, deb xabar berdi RIA Novosti sud matbuot kotibiga asosolanib.

Sud seshanba kuni go‘dakning o‘ldirilishi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni davom ettirishi lozim edi, biroq ayblanuvchini sud majlisiga olib kelishning imkoni bo‘lmadi.

"FKU SIZO-2 kasalxonasi boshlig‘ining xabar berishicha, Boboqulova belgilangan dorilarni qabul qilganidan keyin medikamentoz (tibbiy) uyquda bo‘lganligi sababli uni sudga olib borishning imkoni yo‘q", — dedi sud vakili Olga Litsareva.

Tergov materiallariga ko‘ra, Boboqulova serebral falaj kasalligiga chalingan qizning enagasi bo‘lgan. Fevral tongida Moskvadagi Narodnoe opolchenie ko‘chasidagi xonadonda u qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Gulchexra Bobokulova - Sputnik O‘zbekiston
Qotil-enaga majburiy ruhiy davolashni O‘zbekistonda o‘tishni so‘radi

So‘ngra u qizchaning boshini kesib o‘zi bilan olib chiqib ketgan. Xonadondan chiqib ketayotib uyga o‘t qo‘ygan. Ko‘chada u huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Guvohlarning aytishlaricha, u qo‘lga olinguniga qadar ko‘chada 20 daqiqacha qizning boshini ko‘tarib yurgancha o‘zi bilan o‘zi gaplashgan va atrofdagilarga po‘pisa qilgan.

Jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan majmuaviy statsionar psixolog-psixiatrlik ekspertizasida ma’lum bo‘lishicha, 39 yoshli Boboqulova surunkali ruhiy kasallikka chalingan.

U "Voyaga yetmaganni o‘ldirish", "Birovning mulkini o‘t qo‘yish yo‘li bilan qasddan yo‘q qilish" va "Portlash haqida yolg‘on xabar berish" moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0