O‘zbekistondagi xalqaro san’at festivalida Toto Kutuno konsert beradi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishFortepiano
Fortepiano - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
28 oktabrdan 3-dekabrga qadar davom etadigan xalqaro tadbirlarga jahonga mashhur fortepiano va dirijorlar, xonanda va bastakorlar taklif etilgan.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. 28-oktabrdan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ilk bor tashkil etilgan "Oltin kuz" xalqaro san’at festivali boshlandi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tadigan ushbu san’at forumi O‘zbekiston va jahon san’atini o‘zaro uyg‘unlashtirgan.

Xalqaro san’at festivali O‘zbekiston davlat konservatoriyasida taniqli fortepyanochi, Ya.Vitola nomidagi Latviya musiqa akademiyasining kafedra mudiri, professor Yuris Kalnsiyemsning mahorat darsi bilan boshlandi.

Dastur davomida Shveysariya, Fransiya, Latviyadan kelgan yosh iste’dodli solistlar Ilva Vera Eygus, Avrora Gexter, Karlis Bukovskis hamda o‘zbek dirijori Alibek Kabdurahmonov ishtirokida simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va AQSh musiqachilari Dushanbeda konsert berishadi

28 oktabrdan 3-dekabrga qadar davom etadigan xalqaro tadbirlarga jahonga mashhur fortepiano va dirijorlar, xonanda va bastakorlar taklif etilgan.

1 dekabrga qadar belgilangan tadbirlar rejasidan rossiyalik Vladimir Gorbik (dirijor), Vladimir Sverdlov-Ashkenazi (fortepiano), Igor Kalnin (skripka), isroillik Yuriy Gandelsman, AQShlik Sennet Roshell (fortepiano) kabi mashhur san’atkorlarning mahorat darslari, ular ishtirokidagi konsertlar joy olgan.

"O‘zbekiston"€xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston milliy simfonik orkestri bilan hamkorlikda 22-noyabr kuni mashhur xonanda va bastakor Toto Kutuno (Italiya) hamda 1-dekabr kuni jahonning mashhur opera san’ati namoyondasi Alessandro Safinaning (Italiya) katta konsert dasturlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda Folklor-etnografik jamoalar tomonidan tadbirlar tashkillashtirish, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, O‘zbekiston davlat akademik rus drama, O‘zbekiston davlat yoshlar, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrlarining respublika bo‘ylab gastrol safarlari uyushtirilishi ham rejaga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0