Farhod Alimov Rayhon bilan to‘yi bo‘lishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

© nuz.uzFarhod Alimov
Farhod Alimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boshlovchi va xonandaning to‘yi bo‘lishi haqida MyDay.uz sayti xabar tarqatgandi

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Farhod Alimov xonanda Rayhon bilan uchrashib turishini, lekin to‘ylari bo‘lishi haqida internetdagi xabarlardan bilganini aytdi, deb xabar beradi NUZ.UZ sayti.

Rayxon Ganiyevpa - Sputnik O‘zbekiston
Rayhon G‘aniyeva turmushga chiqmoqda

Eslatib o‘tamiz, boshlovchi va xonandaning to‘yi bo‘lishi haqida MyDay.uz sayti xabar tarqatgandi. Nashr hatto to‘y 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tishini ham ma’lum qilgandi. Keyinroq MyDay.uz "kuyov"ning rasmiy izohini joylashtirdi.

"Ha, biz Rayhon bilan uchrashib turamiz. Lekin 29-oktabr kuni na nikoh, na to‘y marosimi bo‘ladi. Shu kuni men "Yakkasaroy" restoranida xizmatda bo‘laman, — dedi Alimov.

Uning aytishicha, nikoh marosimi noyabr yoki dekabrda bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Alimov ular o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlarga javoban u ham Rayhon ham ilgarigi turmushlaridan rasman ajrashishganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0